Is gazidan ogoh bo‘ling!
Is gazi (SO) rangsiz, hidsiz zaharli birikma bo`lib, tabiiy gaz, yoqilg`i, ko`mir, o`tin cho`g`lari to`liq yonmasligi oqibatida hosil bo`ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50−60% gacha is gazi bo`ladi.
Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo`yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek, uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to`liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.
Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma — karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to`qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoktsiyaga, og`ir holatlarda esa — anoktsiyaga olib kelishi xamda shu tariqa inson hayotdan ko`z yumishi mumkin.
Dilshod Anvarov,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga qarashli binolarda YXTTEB mutaxassisi katta serjant