Nodirbek Abdusattorov Rustam Qosimjonovni mag‘lub etdi
Toshkentda mass-media fondi, “Zakovat” NNT, Yoshlar ishlari agentligi va Sky Chess shaxmat maktabi hamkorligida tashkil etilgan tezkor shaxmat bo‘yicha “Zakovat Gambit” musobaqasi final bosqichining birinchi kungi bahslari nihoyasiga yetdi. 5 ta guruh orsida eng kuchli tarkibga ega A guruhida Nodirbek Abdusattorov 100 foiz natija bilan peshqadam bo‘lib turibdi. U, jumladan 2-turda qora donalarda o‘ynab shaxmatimiz afsonasi, o‘n yettinchi jahon chempioni Rustam Qosimjonovni ham mag‘lub etdi.
5-turdan keyingi vaziyat:
1. Nodirbek Abdusattorov – 5 ochko.
2. Rustam Qosimjonov – 3,5.
3. Ortiq Nig‘matov – 3.
4. Javohir Sindorov – 3.
5. Shamsiddin Vohidov – 3.
6. Nodirbek Yoqubboyev – 3.
7. Jahongir Vohidov – 2,5.
8. Temur Gareyev – 1.
9. Saidali Yo‘ldoshev – 0,5.
10. Bobur Sattorov – 0,5.
Musobaqa ertaga yakuniga yetadi.