Nurobodlik ijodkor ziyolilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Nurobodlik ijodkor ziyolilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Nurobod tumani hokimligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi arafasida yurtimizda faoliyat olib borayotgan nurobodlik ijodkor ziyolilalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sherali Yo‘ldoshev, sektor rahbarlari hamda ijodkor ziyolilardan Murod Muhammad Do‘st, Hasan Karvonli, Husan Karvonli, To‘lqin Ro‘ziyev, Shuhrat Islomov, Abdurasul Sattorov va boshqa yozuvchi-shoirlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv tumanning Omandara mahallasida tashkil etilib, ishtirokchilar mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, kitoblar bilan boyitilgan yoshlar kutubxonasi, oilaviy shifokorlik punkti va boshqa faoliyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuv nurobodlik ijodkorlarning ijod kechasiga bog‘lanib ketdi.