Oʻqituvchi va murabbiylar e’zozlandi
Nurota tuman taʼlim va fan xodimlari Kasaba uyushma boʻlinmasi kengashi tomonidan 1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” har yildagidan koʻra oʻzgacha shukuh va tarovat ila nishonlandi. Nurota tumanidagi “Istiqlol tantanalar” toʻyxonasida oʻtkazilgan bayram shodiyonasida tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan oʻz kasbining yetuk mutaxassislari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachilari va uslubchilari, keksa faxriy ustozlar, hamkor tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Tantanali marosimda ishtirok etgan tuman hokimi U. Xalilov tantana ishtirokchilarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlab, oʻz sohasining bir guruh fidoyilariga viloyat va tuman hokimliklarining faxriy yorliqlarini tantanali tarzda topshirdi.
Bayram tadbiri jarayonida oʻz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylar tuman taʼlim va fan xodimlari Kasaba uyushma boʻlinmasi kengashi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanib, ikki nafar oʻz sohasining yetuk mutaxassisi Saodat Ahrorova Ibn Sino sihatgohi uchun, Xurshid Primov Oltinsoy sihatgohiga imtiyozli yoʻllanma topshirildi. 200 nafar oʻqituvchi-murrabbiylarga bayram sovgʻalari topshirildi. Shu kuni nafaqada boʻlgan keksa faxriylar xonadoniga tashrif buyurib, ular holidan xabar olindi. Bayram arafasida umumta’lim maktablari va Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sportning stol tennisi, valeybol, basketbol turlari boʻyicha musoboqalar tashkil etildi.
Shu kuni viloyat miqyosida oʻtkazilgan bayram shodiyonalarida ishtirok etgan bir guruh soha mutaxassislaridan ikki nafari “Ta’lim fidoyisi”, 5 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi”, 1 nafari viloyat hokimining faxriy yorligʻi, 3 nafari viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
O. Saidqulova,
Nurota tuman XTB matbuot kotibi: