O‘zDJTSU professor-o‘qituvchilari maktab bitiruvchilarining quvonchli onlariga sherik bo‘lishdi
25 may kuni yurtimizning barcha umumtaʼlim maktablarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyatidagi umumtaʼlim maskanlarida ham joriy o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan “So‘ngi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Toshkent viloyati umumtaʼlim maktablari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida universitetining professor-o‘qituvchilari Angren shahri va Bo‘ka tumanida joylashgan umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etishdi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Angren shahridagi 31-sonli, Bo‘ka tumanidagi 11-, 13-, 18-, 20-, 31-, 36-, 42-, 47-, 53 - sonli umumtaʼlim maktablardagi o‘quvchilarni bilim salohiyatini yana-da oshirish, ularni kasbga yo‘naltirishda, o‘zlari qiziqqan sport turlarini va boshqa fanlarni mukammal o‘zlashtirishlarida amaliy yordam berib, o‘qituvchilar mahoratini oshirishda uslubiy ko‘mak ko‘rsatmoqda
Joriy yilda Angren shahri va Bo‘ka tumanida joylashgan 102 ta umumtaʼlim maskanlarini 4106 nafar o‘quvchi-yoshlar tugatmoqda.
Universitet professor-o‘qituvchilari maktab bitiruvchilarining ana shunday quvonchli onlariga sherik bo‘lish, ularnig qalblariga yana-da quvonch ulashish maqsadida, kuni kecha Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini yetkazdilar, ularga kelgusi hayotlarida oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishish, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bo‘lib yetishishlarida omadlar tiladi.
Kelgusida universitetda tahsil olish istagida bo‘lgan yoshlarga xujjat topshirish va imtihonlar o‘tkazilishi tartiblari tushuntirildi hamda faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zDJTSU matbuot xizmati