‘‘Obod qishloqda” Mustaqillik shukuhi
Bugun mamlakatimiz milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Ayni paytda barcha soha va tarmoqlarda demokratik yangilanish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi, bebaho ne’mat bo‘lgan mustaqillik sharofatidandir. Tobora yaqinlashib kelayotgan bu yilgi bayramni davlatimiz rahbarining qaroriga ko‘ra “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan g‘oya ostida nishonlash belgilandi.
Ushbu g‘oya ostida Vobkent tumanida ‘‘Obod qishloq”, ‘‘Obod mahalla”dasturi asosida yangicha qiyofa kasb etgan qishloq va mahallalarda ham mustaqillik shodiyonalari boshlandi. Haqiqatan ham mamlakatimiz hayotining biror-bir jabhasi yo‘qki, unda mustaqillik shukuhi sezilmasa, jamiyatimizning biror-bir a’zosi yo‘qki, uning hayoti, orzu-umidlarida mustaqillik aks etmagan bo‘lsa. Mustaqillik bugungi tinch, osuda hayotimiz, xalqaro maydondagi nufuz va e’tiborimizning bosh mezoniga aylandi. Bu bizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi deydi — faxriy ustoz Amrullo Naimov.
Tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda tuman madaniyat bo‘limi tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.
Yusuf NASULLAYEV
Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi