“Ochiq eshiklar kuni”
Yunusobod tuman Axborot-kutubxona markazida o‘quvchilarni kitob o‘qishga jalb qilish, mutolaaga qiziqtirish bo‘yicha ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda yosh avlodga kitoblar olami ongu-tafakkurimizni o‘stirishga xizmat qilishi, adabiyotni sevish haqida so‘z bordi. Tadbirga tumandagi turli fan o‘qituvchilari va kutubxona mudirlari tashrif buyurishdi.
Ochiq eshiklar kuni doirasida “Kitob bilan yuksalish sari” , “Kitob dunyosiga sayohat” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi, “Mutolaa zavqi”, “Kitob –qalbim do‘sti” mavzusida qiziqarli viktorina o‘yinlari, ko‘rgazma-taqdimotlar, shoira Shahnoza Ro‘ziyeva bilan uchrashuv, aksiyalar, “Yoshlar va kitobxonlik” , “Men qanday kitobxonman?” mavzusidagi so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Markazda “Mushoira kechasi”, “Nima,qayerda, qachon?” mavzusida kecha o‘tkazildi. AKMda tuman maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob mening do‘stimsan”, “Ertaklar –yaxshilikka yetaklar”tadbirlari, “Ertaklarning sehrli olami” mavzusida rasmlar tanlovi, kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazilib,kitoblarning bilim egallashdagi ahamiyati, ularni avaylab asrab o‘qish, bolalarga mo‘ljallangan kitoblar haqida davra suhbatlari tashkil etildi. Zero, tuman Axborot-kutubxona markazining istiqboldagi vazifalari badiiy adabiyot kitob fondini doimiy va rejali to‘ldirib borish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Nasiba MUHAMMADIYEVA,
Yunusobod tumanidagi Axborot-kutubxona markazi rahbari