Oq yoʻl, bitiruvchilar!
Yangiliklar
27 / 05 / 2021
Ellikqalʼa tumanidagi 3-umumatʼlim maktabida ham bitiruvchilar jonajon maktabi bilan xayrlashishdi. Ayni paytda ular imtihon topshirish jarayonida boʻlib, oʻgʻil-qizlar orasidan oʻqish davomida oʻz xulqi va bilimi bilan namunali boʻlgan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Maktab direktori Joʻrabek Xaitov oʻquvchilarga oq yoʻl tiladi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ellikqalʼa tumani boʻlim boshligʻi Jasurbek Olimov soʻzga chiqib, yoshlarga kelajakda yaxshi kasb egalari boʻlib yetishishlariga tilak bildirdi.