Ozodlik shukuhi
Bugun Poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan 52-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida Mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʻishlangan madaniy- maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktab oʻqituvchilari, faxriy ustozlar, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Akmal Roʻzitoyev, Yashnobod tuman hokimining maslahatchisi Ozoda Bekmurodova va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.
— “Bu yil xalqimiz necha yuz yillar davomida intilib, orzu qilib yashagan, Oʻzbekistonimiz taqdirida tub burilish yasagan, tom maʼnodagi buyuk, va olamshumul voqea – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi eʼlon qilinganiga oʻttiz yil toʻladi. Mustaqillik yillarida ham koʻp millatli xalqimiz , mustahkam irodasi va matonati bilan oʻzining buyuk salohiyatini namoyon eta oldi, va katta taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Biz oʻquvchilarimizga har bir soʻzimiz, hatti harakatimiz orqali eng avvalo Vatanga sodiqlik, oʻz xalqiga, millatiga fidoiyilikni singdirib borishga harakat qilamiz. Ayniqsa Mustaqillikka osonlik bilan erishmaganimizni oʻquvchilar ongiga chuqur singdirib borish har bir peʼdagogning muhim vazifasi deb bilaman!” — dedi tadbir avvalida maktab direktori Muqaddas Nurmuhammedova.
Tadbirda Vatan, Mustaqillik, Millatni ulugʻlovchi sheʼr va qoʻshiqlar yangradi. Tuman XTB va maktab maʼmuriyati tomonidan namunali oʻqituvchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi.