Parijning Sorbonna universiteti professori ishtirokida fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi
Parijning Sorbonna universiteti professori ishtirokida fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi
Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yangi loyihaga start berdi.
Loyihaning birinchi bosqichida har bir hududdan DALF S1 darajaga ega fransuz tili o‘qituvchilari saralanib, fransuz mutaxassislari tomonidan yaratilgan dastur asosida, Toshkent Fransuz Alyansida trenerlikka tayyorlov kurslarida malakasi oshirildi.
2022-yilning 24-27-may kunlari tashkil etilgan ushbu seminar Parijning Yangi Sorbonna universiteti faxriy professori Jan-Klod Beakko tomonidan olib borildi.
A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti direktori Ayubxon Radjiyev hamda Fransiya elchixonasining ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy attashesi Serj Bellini ishtirokida qatshanchilarga sertifikatlar topshirildi.