Poytaxtning tarixiy maskanlari boʻylab
Kutubxonalar millat tarixining nodir kitob va davriy nashrlarini saqlashi bilan kitobsevarlarning maʼrifiy koʻmakchisi boʻlib kelgan. Shuning uchun boʻlsa kerak, biz doim kutubxonalarga tashrif buyurganimizda oʻzimizda yangi bir maʼrifiy kuch sezamiz.
Tafakkurimizni boyiganini anglaymiz. Xotiralarmiz ravshanlashadi. Biz farzandlarimizni vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun ana shunday ziyo maskanlariga ziyorat qilishni va yoshlikdan undan unumli foydalanishni oʻrgatishimiz lozim. “Toshkent shahrining tarixiy maskanlari boʻylab” deb nomlangan ilk maʼrifiy sayohat “ Turon” kutubxonasining yangi binosi bilan tanishishdan boshlandi. Maʼlumki bu bino 2019-yilning 26-dekabrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan foydalanishga topshirilib, xalqimizga tuhfa qilingan edi.
Mazkur loyiha Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxona, Toshkent shahrining “Bilim” axborot-kutubxona markazi, Toshkent viloyati “Turon” AKM hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda oʻz faoliyatini boshladi.
Yozgi taʼtilning ilk kunlarida Toshkent shahrining 46 umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan “Yosh Temurbeklar” boshlangʻich oʻquvchilari ilk maʼrifiy sayohatimizni boshlab berishdi. Keyingi tarixiy maskanlari boʻylab sayohatimiz xaritasi ishlab chiqilmoqda. Bu tadbirda ota-onalar va barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.