“Prezident sovgʻasi” hududlarga joʻnatildi
“Prezident sovgʻasi” hududlarga joʻnatildi
Har yili yangi yil oldidan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan bolalar uchun “Prezident archasi” tadbiri oʻtkazib kelinadi.
12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun tayyorlangan “Prezident sovgʻasi” tarkibiga shirinliklar, oʻquv qurollari va Bolalar ensiklopediyasidan iborat 21 turdagisovgʻalar kiritilgan.
Shuningdek, joriy yilda Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari hamda SOS bolalar mahallalarining 12 yoshdan katta boʻlgan980 nafar tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy planshet ham sovgʻalar tarkibiga kiritildi.
Shunday qilib joriy yilda yilda 9070 dona “Prezident sovgʻasi”dan tarkib topgan sovgʻalar tayyorlanib, hududlarga yuborildi.
“Prezident sovgʻasi” Respublikamizning 10 ta hududlariga Oʻzbekiston havo yoʻllari orqali, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlariga esa davlat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining kuzatuvi ostida avtotransport orqali yetkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigihamda sovgʻalari hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari oʻtkaziladigan Prezident archasi tadbirlarida bolalarga tantanali topshiriladi.