“Raqamli avlod IT haftaligi” Robo futbol
Yangiliklar
22 / 11 / 2022
“Raqamli avlod IT haftaligi” Robo futbol
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Google” kompaniyasi hamda “Digital Generation Uzbekistan” NNT hamkorligida joriy yilning 21 - 26-noyabr kunlari IT sohasiga qiziqish bildirgan yoshlar uchun “Raqamli avlod IT haftaligi” tadbiri tashkil etilmoqda.
Mazkur haftalik doirasida Robo Labirint, Robo Futbol, DG Contest, Cyber Sport yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar va GDG Google DevFest tadbiri tashkil etilmoqda.
“Raqamli avlod IT haftaligi”ning ikkinchi kunida Robo futbol musobaqasi tashlik etildi. Unda 60 jamoa ya’ni 120 nafar ishtirokchi o‘z qo‘llari bilan yasagan “futbolchilar” bilan bitta maydonda “to‘p surdi”.