“Raqamli avlod IT haftaligi” boshlandi
“Raqamli avlod IT haftaligi” boshlandi
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Google” kompaniyasi hamda “Digital Generation Uzbekistan” NNT hamkorligida joriy yilning 21-26-noyabr kunlari IT sohasiga qiziqish bildirgan yoshlar uchun “Raqamli avlod IT haftaligi” tadbiri tashkil etilmoqda.
Mazkur haftalik doirasida Robo Labirint, Robo Futbol, DG Contest, Cyber Sport yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar va GDG Google DevFest tadbiri tashkil etiladi.
Mazkur haftalikda 30dan ortiq xalqaro va mahalliy spikerlar, 10 dan ortiq xalqaro IT kompaniyalar ishtirok etishadi.
Robototexnika Respublika musobaqalarida 101-, 102- va 106-sonli maktablardan eshitish qobiliyati zaif yoshlar ham ishtirok etishadi.
Tadbirga o‘z sohasining yetakchisi bo‘lgan xorijiy mutaxassislar tashrif buyurishi kutilmoqda. Jumladan:
Baris Yesugey -Google Developer Ecosystem & Google for Startups (Turkiya va O‘rta Osiyo) rahbari,
Peter Vesterbacka – “ Angry Birds ” asoschisi,
Igor Dubanos - Belarus davlatining iTechArt dasturchisi,
JeongMin K v on - Google developer eksperti,
Dharmesh Vaya - Google developer eksperti,
Sayak Paul - Google developer eksperti,
Nirav Kothari - Google developer eksperti,
Shu bilan birga mazkur tadbirda 20 ga yaqin IT sohasidagi spikerlar ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Tadbir onlayn va offlayn formatda o‘tkaziladi. Onlayn formatda 3000 nafardan ziyod , offlayn formatda esa 500 nafardan ziyod IT sohasiga qiziquvchi yoshlar qatnashishi kutilmoqda.
Mazkur haftalikda 30 dan ortiq xalqaro va mahalliy spikerlar, 10 dan ortiq xalqaro IT kompaniyalar ishtirok etishadi.