SHOIR BILAN YUZMA-YUZ
SHOIR BILAN YUZMA-YUZ
Inson hayotda har bir kunini maroqli o‘tkazishi va o‘zi uchun baxt formulasini yaratib olishi kerak. Har birimiz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz tomon intilsak, quvonch va uyg‘unlik bir bo‘ladi. Shunda ko‘nglimizda xotirjamlik, sevinch, muhabbat, go‘zallik bilan to‘ladi.
Bolaligimizda ana shu his-tuyg‘ular bilan yashaydi. Ayniqsa, o‘smirlik paytidagi ilmga tashnalik, orzuga ishonish inson qalbida katta iz qoldiradi. Yoshi katta odamlarni aksariyatida bolalik paytidagi betashvish, beg‘am ruhiy holat, o‘smirlik davridagi beg‘ubor sevgi hech qachon qaytarilmaydi. Baʼzilarda quvonch, baxt, hayotga ajablanib, har narsaga yosh boladek qiziqish umuman yo‘qoladi.
Yosh o‘tishi bilan ko‘pchilikda, olovdek yonib yashash kerak, degan iboralar ham xuddi tushdek o‘tib ketgandek xotiraga aylanmasligi uchun va hamisha jo‘shqin kayfiyatda yurishi uchun adabiyot, sanʼatning o‘rni juda muhim. Yosh avlodni yuksak tuyg‘ular, so‘nmas orzular qanotida voyaga yetkazish uchun so‘z zargarlari, adabiyotchilar, shoirlar, yozuvchilar, jurnalistlar bilan uchrashuvi katta ahamiyatga ega.
Maktabning direktorining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida tuman xalq taʼlimi boshqarmasidan oktabr oyida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbirlar ichida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun yaqinlashayotgani munosabati bilan taniqli shoirlar bian adabiy-badiiy kecha tashkil qilish” belgilangan. Ushbu kechaga mazmunli qo‘shiqlari bilan tanilgan shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Mirzo Karimni taklif qilishga karor kildim.
Mirzo Karimning betakror ijodining qaysi tomoni xaqida gapirsam, uning isyonkor, jo‘shqin, uyg‘oq, lirik sheʼrlari chuqur mushohadaga chorlaydi.
Mirzo Karim tom maʼnoda badiiy ijod bilan shaxsiy hayotini bir xil tartibga sololgan, “jilovlay olgan” maʼrifatparpar inson. U o‘zining teran sheʼrlari bilan sheʼriyat ixlosmandalarining nazariga tushgan. Va shu bilan shoir taʼbiri bilan aytganda “umr mavsumlari”ga maktublar yoza boshladi. Bu bitiklarni o‘qigan kishi inson umrining har lahzasi tabiat fasllaridek doim almashib turishi mumkin ekanligini tez anglab yetadi. Shoir lug‘atida fasl tashbehlari bilan doim yonma-yon diydor, lahza so‘zlari ergashib yuradi. Uning sheʼrlari sof, oddiy insonlar haqida bo‘lib, unda ezgulik g‘oyalari ilgari suriladi.
Ana shunday yuksak salohiyatga ega shoir Mirzo Karim va O‘zbekistonda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, dramaturg, maktabning ijodiy-madaniy masalalari targ‘ibotchisi O‘zbektosh Qilichev bilan Toshkent shahridagi 1-maktab o‘quvchilari bilan diydorlashtirishga musharraf bo‘ldik. “Til millat ko‘zgusi” shiori ostida tashkil qilingan ushbu tadbirga maktab o‘quvchilari jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani tashrif buyurgan mehmonlarni ham behad quvontirdi.
Tadbir mehmoni Mirzo Karim esa maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga chiroyli tadbir uchun tilaklari izhori o‘rnida sheʼriy guldasta tuhfa qildi.
O‘quvchilar savollar berib bo‘lishgach, O‘zbektosh Qilich so‘z olib, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilish tarixi haqida to‘lqinlanib gapirdilar.
Shoir Mirzo Karim o‘zbek tilining yuksalishida Navoiyning o‘rni beqiyosligi haqida nutq so‘zlab yana o‘z sheʼrlaridan o‘qib berdi. O‘zbektosh xam o‘z fikrlari bilan iliq taassurot uyg‘otdi. Uchrashuv o‘quvchilar qalbida o‘chmas iz qoldirdi.
Bu tadbirdan tashqari O‘zbek milliy akademik drama teatrining ochilish marosimida maktab o‘qituvchilari va faol o‘quvchilar uchun Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” spektakli namoyish qilindi. Maktab jamoasi uchun xalq artistlari bilan uchrashib suhbat qurish olam olam zavq berdi.
Barno Ubaydullayeva,
Toshkent shahridagi 1-maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari