Sa’dulla Hakim — 70 yoshda!
Bugun milliy matbuot markazida jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan Sa ’ dulla Hakim tavalludining 70 yilligi ga bag‘ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi .
Tadbirda ommaviy axborot vositasi xodimlari, shoir va yozuvchilar, oliy o'quv yurti professor-o'qituvchilari , O ‘ zJOKU talabalari hamda marhum adibning oila a'zolari, do'stlari, sinfdoshlari, hamkasblari ishtirok etishdi.
So'zga chiqqanlar Sa'dulla Hakimning kamtarin bo'lganini, samimiy, yurtini, xalqini sevgani uning she'rlarida, publistik asarlarida, ijodiy faoliyatida yorqin namunasini topgan ligi haqida so‘z yuritishdi .
So ‘ zida adib bilan shaxmat o ‘ ynagani aytib o ‘ gan yozuvchi va shoir X urshid Do ‘ stmuhammad raqibi do'stona quvlik qilib turishini ta ’ kidladi. Yana ushbu xotira kechasida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majidov, Madaniyat va ma’rifat markazi rahbari Minxojiddin Xojimatov, Ma’murjon Parpiyev, sinfdoshi Baxtiyor Xonjalilov hamda Qobilbek Karabekovlar Sa’dulla Hakim samimiy, kamtarin, ajoyib rahbar bo‘lganini, inson sifatida yaxshi inson shu bilan birga qalami o‘tkir jurnalist va xassos shoir bo‘lgani ta’kidlab o‘tishdi.
Darhaqiqat bu ajoyib insonni hurmati shunday kuchli ekanki, bu Boshlang'ich ta'lim jurnali bosh muhariri Halim Saidov ustozini men uchun “Mehr timsoli” edilar deb ko'ziga yosh olishidan ko'rinib turardi. Xalqimizning ardoqli farzandi Sa'dulla Hakimning turmush o'rtog'i uning naqadar mard va qat'iyatli ekanligini maqolalari uchun unga tahdid qilishsa ham o'z yo'lidan qaytmagan inson bo'lganligini xotirladi.
Yakunda jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov 11 - oktabr kuni 11:00 da ustozning Qibray tumanidagi uy manzilida Sa'dulla Hakim xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik lavhasi (byusti) ochilish marosimi bo'lib o'tishini ma’lum qildi.
Fazilat Mirzaahmadova,
O‘zJOKU talabasi