Saboq muhim
Saboq muhim, tadbirlar tafakkurga chorlaydi
Sergeli tumanining 305-maktabida turli naminatsiyalar bo‘yicha an’anaviy ko‘rik-tanlovlar, ma'naviy-tarbiyaviy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkaziladi. O‘quvchilar ham o‘z iste'dodlarini namoyish etish maqsadida ushbu tadbirlarda faol ishtirok etadilar.
O‘zbek va rus tillariga ixtisoslashgan maktabda 1950 nafar o‘quvchiga 90 nafardan ortiq pedagog saboq beradi. San'at, sport, adabiyot, musiqa, aniq fanlar va tillar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan bir qancha to‘garakka o‘quvchilar jalb qilingan bo‘lib, ularning barcha qiziqishlari inobatga olingan.
Muassasaga shoir va yozuvchilar, harbiy xizmatchi va sportchilarning tashrifi odat tusiga kirgan. Bu an'ana qaysidir o‘quvchida ijodkorlikka rag‘bat uyg‘otsa, yana birida Vatan sharafini himoya qilishga ishtiyoq beradi. O‘tkazib borilayotgan “Faxriy qorovul” yoki “Yaradorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ushbu sohaslardagi bilimlari o‘shishini ta'minlaydi.
Maktab o‘quvchilari tumanda o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Shuningdek, navbatdagi “Yashil chiroq” musobaqasi, “Zakovat” intellektual o‘yin bahslarida o‘quvchilarimiz faxrli o‘rin olishlari kutilmoqda.
Farhod ORZIBOEV,
Sergeli tumani 305-umumta'lim
maktabi direktori o‘rinbosari