“Sifat menejmenti tizimi - taraqqiyot mezoni”
“ Sifat menejmenti tizimi - taraqqiyot mezoni ”
2021 yil 11 noyabr ь kuni Toshkent t o‘qimachilik va yengil sanoat institutida institutning 90 yilligiga va “BUTUNJAHON SIFAT KUNI ”ga bag‘ishlangan “ SIFAT MENEJMENTI TIZIMI - TARAQQIYOT MEZONI ” mavzusidagi an’anaviy ilmiy -amaliy seminar tadbiri o‘tkazildi.
I lmiy -amaliy seminar tadbirini o‘tkazishdan asosiy maqsad talaba - yoshlar tomonidan sifat menejmenti va uning afzalliklari to‘g‘risidagi tushunchalarini ilmiy ji hatdan yanada mukammal o‘ rganish va ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari egallashdan iborat.
Butunjahon sifat kunining asosiy maqsadi, yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlarning ahamiyatini oshirish, shuningdek sifatga erishishdagi muammolarga e’tiborni qaratish tadbirlarni faollashtirishdan iborat. Sifat bu nafaqat odamlar va atrof - muhit uchun , balki mahsulotlarning xavfsizligi , iste ’ molchilarning so ‘ rovlarini va talablarini belgilaydigan muhim mezon hisoblanadi .
Zamonaviy sharoitda sifat tushunchasi innovatsiyalarni amalga oshirish bilan chambarchas bog ‘ liq va bugungi kunda innovatsion rivojlanish faqat sifat bilan uzviy bog ‘ liq holda bo ‘ lib , uni doimiy ravishda takomillashtirib va o ‘ zgarib turishi mumkin .
Bu mahsulotni, tashkilotni va oxir-oqibat atrofimizdagi dunyoni yaxshilaydigan sifatdir, bu har bir korxona, har bir sanoat va albatta har bir mamlakatning rivojlanishida va barqaror muvaffaqiyatga, tara qq iy erishishga undaydi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish Agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining mutaxassislari, olimlar, pedagog xodimlar, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalarining xodim-lari ishtirok etdilar.
Mutaxassislar tomonidan ilmiy-amaliy seminar qatnashchilariga yangi qabul qilingan - O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 3-noyabr kunidagi 800-son Qonuni hamda sifat menejment tizimlarini joriy etishni afzalliklarini mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berdilar. Shuningdek, ular institut talaba-yoshlari va pedagog xodimlar tomonidan berilgan dolzarb savollarga ham asosli javob berdilar.
O‘z navbatida ilmiy-amaliy seminarda 5-6 nafar iqtidorli talaba-yoshlar ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Institut rahbariyati ushbu ilmiy-amaliy seminarda faol ishtirok etgan talabalar hamda mutaxassislarni tashakkurnoma, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar.
O‘ylaymizki, mazkur ilmiy-amaliy seminar qatnashchilari to‘qimachilik, paxta tozalash va yengil sanoat korxonalarida sifat menejmenti va uning afzalliklari to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari bilan birga ishlab chiqarish korxonalarida uni qo‘llashga zamin yaratildi.
Abdusattor ABDUG ‘ AFFAROV