SOG‘LOM TANDA – SIFATLI TA’LIM
2023-yil 15-mart kuni 238-sonli maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmalari kubogi uchun sport musobaqasining Uchtepa tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqa Nizom asosida yuqori saviyada bayramona ruhida tashkil etildi.
Musobaqaning tuman bosqichida har bir sektorda g‘olib bo‘lgan jamoalar 5 ta sport turi bo‘yicha bellashdilar. Ishtirokchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Doniyorov Shokirjon Xudoyberdiyevich musobaqaning barcha ishtirokchilarga g‘alaba yor bo‘lishini tilab musobaqani ochib berdi.
Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Bedilov Ravshan Melsovich, Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Djalilov Shuhrat Ilxamovich, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi raisi Raxmonov Abduxalil Rasulovich, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab bosh boshqarmasi boshlig‘i Xusanboyeva Nilufar Kasimbayevna, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Jumayev tashrif buyurdilar.
Musobaqaning tuman bosqichida:
voleybol bo‘yicha: 81-maktab jamoasi
mini-futbol turi bo‘yicha: 81-maktab jamoasi
Stol tennisi bo‘yicha: erkaklar o‘rtasida 62-maktab o‘qituvchisi Shuhrat Yakubov;
ayollar o’rtasida 81-maktab o‘qituvchisi Rohila Xamrayeva;
Shaxmat turi bo‘yicha: erkaklar o‘rtasida 238-maktab o‘qituvchisi Jamshid Avezov;
ayollar o‘rtasida 109-maktab o‘qituvchisi Dildora Shokirxo‘jayeva;
Shashka turi bo‘yicha: erkaklar o‘rtasida 123-maktab o‘qituvchisi Xurshid Zakirilayev;
ayollar o‘rtasida 287-maktab o‘qituvchisi Gulnoza Sharipova.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan “Sport musobaqasining eng faxriy qatnashchisi”, “Eng faol qatnashchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarga esdalik sovg‘alar topshirildi.