Sport- tanaga quvvat
11-noyabr- Kasaba uyushmalari kuni
Sport- tanaga quvvat
Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shayhontohur tuman boʻlinmasi Kengashi tashabbusi bilan 39-maktabda tizimdagi Boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilot raislari uchun “Sport-sogʻlik garovi” shiori ostida musobaqa oʻtkazildi. Ushbu tadbirda Shayhontohur tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Axror Sultonov, tuman maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlim mudiri Fotima Zohidova va boshlangʻich kasaba uyushma raislari ishtirok etdilar.
Tadbirni Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shayhontohur tuman boʻlinmasi kengashi raisi Dilnora Ulmasova ochib berdi. U 2020-yil 11-noyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasining VIII qurultoyi haqida hamda qurultoyda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalar Federatsiyasi VIII qurultoyi qatnashchilariga yoʻllagan bayram tabrigini tilga oldi.
Eʼtirof etilganidek, bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tarkibida 32,8 ming boshlangʻich tashkilotlarni birlashtiruvchi 14 tarmoq kasaba uyushmalari mavjud. Kasaba uyushmalariga aʼzolarning soni 5,5 millionda ortiq boʻlib, ulardan 2,4 milliondan ziyodi ayollar va 1,8 millionga yaqini yoshlar hisoblanadi.
Sport tadbiri konsert dasturiga ulanib ketdi.
Tadbir yakunida muayyan bir sohada koʻp yillar mehnat qilib kelayotgan, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarayotgan izlanuvchan, tashabbuskor xodimlar ragʻbatlantirildi. Jumladan, 90 nafar mehnat faollariga esdalik sovgʻalari berildi.