Sport va bayram uyg‘unlashib ketdi
2020-yil 11-noyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasining VIII qurultoyida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalar Federatsiyasi VIII qurultoyi ishtirokchilariga yoʻllagan bayram tabrigida 11-noyabrni “KASABA UYUSHMALAR KUNI” deb belgilash taklifini bergan edilar. Mana oʻsha tarixiy voqelikka ham bir yil boʻlibdi. Yurtboshimizning bu yilgi tabrigida ham bizning oldimizda masʼuliyatli vazifalar turganligi, ishchilarga yaxshi mehnat sharoitlarini yaratish va mehnatlariga munosib ragʻbat koʻrsatishimiz lozim va shartligin taʼkidlab oʻtganlar. Kelgusi faoliyatimizni shu kabi tavsiya hamda vazifalardan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yamiz. Tashkilot va muassasalarda turli ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirib kelmoqdamiz. kuni kecha tumanimizda sana munosabati ana shunday tadbirlardan bir nechtasini o‘tkazdik.
289-maktabda “Sport-sogʻliq garovi” shiori ostida shashka hamda “Quvnoq startlar” musobaqasini uyushtirdik. Unda 7 ta maktab jamoalari o‘rtasida qizg‘in bellashuv bo‘ldi. Musobaqada 293-maktab oʻqituvchilari gʻolib bo‘ldi. 2-o‘rin 291-maktab jamoasiga nasib qildi. Faxrli 3-o‘rin 289-maktab sharafini himoya qilgan jamoaga nasib qildi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, sana munosabati bilan tumandagi barcha maktabgacha taʼlim muassasalarida ham tadbirlar tashkil qildik.
Shu asnoda mavjud taʼlim tashkilotlarining boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmita raislari munosib taqdirlandi.
Salomat Namuratova,
Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Bektemir tuman boʻlinmasi kengashi raisi