TOHIR MALIK ZAMONDOSHLAR XOTIRASIDA
TOHIR MALIK ZAMONDOSHLAR XOTIRASIDA
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida 2022-yilning 10-avgust kuni atoqli o‘zbek adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan “Tohir Malik zamondoshlar xotirasida” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tanqidchi, Sherkon Qodiriy, adabiyotshunos olim, adibning shogirdi To‘lqin Saydaliyev, adibning muxlislari istefodagi polkovnik Farhod Muxamedjanov va istefodagi podpolkovnik Xasanboy Abdurazzoqov, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tanqidchi Sherkon Qodiriy, el sevgan adib, sermahsul ijodkor, o‘nlab kitoblar muallifi qalbi pok, ochiq ko‘ngil, ko‘plarning maslakdoshi va ustozi, o‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri bo‘lgan Tohir Malik hayoti va ijodi to‘g‘risida to‘xtalib, tadbir tashkilotchilariga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.
Adabiyotshunos olim To‘lqin Sa y daliyev o‘zining nutqida ustoz bilan birga o‘tkazgan ish faoliyatidagi yillarini nihoyatda qadrlab yodga olishini, ulug‘ adib bilan bir xonada o‘tirib mehnat qilgan davrlarini eslab, xotirladi.
Istefodagi polkovnik Far h od Mu x amedjanov va istefodagi podpolkovnik Xasanboy Abdurazzoqovlar es a adib Tohir Malikning Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari orasida obro‘si naqadar yuksakligini faxrlanib tilga olishdi.
— Bugungi tadbir, barcha ishtirokchilarda, ayniqsa yoshlarda katta taassurot uyg‘otdi deydi — Akademiya Yoshlar ittifoqi yetakchisi Firdavs Karimov — Tohir Malikni el sevgan adib, u o‘zining barakali ijodi va ibratga to‘la hayotini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning ma’naviy-axloqiy kamolotiga bag‘ishladi. Adib asarlarida odob-axloq, mehr-oqibat va odamiylik fazilatlari targ‘ib qilingan. Yozuvchi ijodidagi g‘oyalar kitobxonni jamiyat illatlaridan ogoh bo‘lishga, inson ruhiyatidagi ba’zi qusurlardan xalos bo‘lishga chorlaydi. Adib umrining so‘nggiga qadar ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qildi. O‘z ijodi orqali yoshlarni adabiyotga oshno etish, yurtga dahldorlik hissi bilan yashash, xalqimizga muhabbat va sadoqat bilan xizmat qilishga undab keldi. Bugungi tadbir yoshlarimizning Tohir Malik asarlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshishiga, mard, jasur, yurtni chin dildan suyadigan inson bo‘lishga, g‘urur va iftixorga undaydigan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlardan biri bo‘ldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Yosh avlodning kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir davomida kursantlar ham o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir yakunida tashkil etilgan, Tohir Malik qalamiga mansub kitoblar yarmarkasi ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Akademiya Matbuot xizmati