Tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va malaka almashildi
Joriy yilning 10-noyabr kuni То shkent viloyati Parkent tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi direktori biologiya fanlari doktori professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi Eshonqulov Ortiqboy boshchiligidagi bir guruh olimlar, jumladan, kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori Zaylobov Lazizbek, fizika kafedrasi mudiri Raimbekova Xurinisa, fizika kafedrasi bosh o‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi Nishonova Mavluda, biologiya kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, 10-11-sinflar biologiya darsligining muallifi Abduraxmonova Iqbolxonlar tabiiy fanlar ustozlariga mashg‘ulotlar o‘tkazib berishdi.
Mashg‘ulotda yuqorida tilga olingan professor olimlar bugungi kunda biologiya, kimyo, fizika fanlariga bo‘layotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berishdi. Mazkur fan laboratoriya xonalarining jihozlanishidagi yutuq va kamchiliklar haqida ham to‘xtalib o‘tishdi. Masg‘ulotni 10-11-sinf biologiya darsligining muallifi Abduraxmonova Iqbolxon davom ettirib, biologiya faniga doir mashg‘ulotlar o‘tkazib berdi.
Kimyo fanlari doktori Zaylobov Lazizbek kimyo fani o‘qituvchilari uchun laboratoriya mashg‘ulotlariga videoroliklar namoyish etdi. Kimyo fanida nazariya bilan birgalikda har bir mavzu uchun laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazib borishi kerakligi, bunda o‘quvchilarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishi ortib borishini aytib o‘tdi. Kimyo fanio‘qituvchilari uchun turli mavzularga oid slaydlar namoyish etildi. Uchrashuv barchada yaxshi taassurot qoldirdi.
Mayrambu RAJABBOYEVA,
Parkent tuman 28-umumta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi