Toshkentdan mehmonlar keldi
T oshkentdan mehmonlar keldi
Onam ishdan kech qaytdi. Onamning uyga kech qaytishiga o‘rganib qolganmiz. Darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlar, to‘garaklar tashkil e tib o‘quvchilar bilan sh ug‘ ullanadi. Bu ham yetmaganday, yana qog‘ozga nimalardir qoralab, gazeta-jurnallarga jo‘natadi. Ba’zan onamizga hazillashamiz: “O‘quvchilari ngiz dan or ts a ngiz , bizniki siz ” deya. Onam esa o‘zini shunday oqlaydi: “Sizlarga ishonaman-da ”.
Bugun ham shunday kech, biroq bir olam quvonch bilan qaytdi.
— O‘g‘lim, — dedi quvonchini yashirolmay, — maktabimizga mehmonlar kelishyapti.
— Qanday mehmonlar?
— “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, ”Ma’naviy hayot” kabi jurnallarning muharriri va ijodiy xodimlari...
Onam Risolat Jumanazarova m aktab imiz ning tinib-tinchimas targ‘ibotchisi adib O‘rolboy Qobil bilan mna shunaqa tadbirlarni o‘ylab topishadi. Ular i jod ahlini aka-ukasidek yaxshi ko‘r ish adi.
— Bo‘ldi, kelaversin, — deyman onamning quvonchiga sherik bo‘lib .
Nihoyat biz orziqib kutgan mehmonlar kelishdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, “Yoshlik” adabiy-ijtimoiy jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi Muhiddin Abdisamad, “Sharq yulduzi” jurnali xodimi Shahriyor Shavkat, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi xodimi, yozuvchi Farrux Jabborov, “Ma’naviy hayot” jurnali muharrir o‘rinbosari Azim Ro‘ziyevlar ning tashrifi, tumanimiz ijodkorlari, i jodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar, ularning iqtidorli ijodkor o‘quvchilarining kelishi tadbirning chinakam “Til bayrami — dil bayrami”ga aylantirdi.
“Yoshlik” adabiy-ijtimoiy jurnali bosh muharriri Nurilla Chori so‘zga chiqib, “ So‘z sehriga oshna qalblar” ma’ruzasida xalqimizda adabiyotga shaydolik azaliy , ona tilimizga sayqal berish, uning ravnaqiga xizmat qilish ijodkor ahlining muqaddas burchi e kanligini ayt ib , Qamashi tumani ijodkorlari, adabiy muhitiga bugungi kunda havas qilsa arziydi, — dedi. Ulardan poytaxtda yashab ijod qilayotgan: Jumanazar Beknazarov, Nazar E shonqul, Abdisattor Jumanazar, Guljahon Mardonova, Javlon Jovliyevlar bilan bir qatorda tumanimizda yashab ijod qilayotgan Momoxol E lmurodova, Temirpo‘lat Tillayev, Abdulla Boboyorov, Yo‘ldoshbek Kenja, O‘rolboy Qobil, Shuhrat Rustamov , Sayfulla Al-murod, Risolat Jumanazarova lar ijodi ham bugun r espublikamizda e ’tirof e tilayotgani aytib o‘tildi.
So‘zga chiqqan Farrux Jabborov, Azim Ro‘ziyevlar ham bizning vohamizda ye tishib chiqayotgan yosh i jodkorlarni sanab o‘tarkan, yaqin kelajakda Qashaqdaryo viloyati ijodkorlari, uning ijodiy muhiti yalov bordorlikni qo‘ldan bermasligi, buning uchun ustozlarning xizmati beqiyosligini uqtirishdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi Muhiddin Abdisamad ijodda “So‘zning yuki”ni his qilish lozimligi, “haybarakalla ” chilikka yo‘l qo‘ymaslik, ijodkor o‘quvchilarga so‘zga nisbatan hurmat, so‘zni qadrlashni singdirish lozimligini aytdi. O‘zining ijodidan namunalar o‘qib berdi:
... faqat daraxtlarga oshino ko‘nglim,
Faqat daraxtlarga oshiqadirman...
Mehmonlar boshlab bergan mushoirasini tumanimiz ijodkorlari va o‘quvchilar davom e ttirib, she’riyat kechasiga fayz bag‘ i shladi. She’r ketidan she’rlar o‘qilib, tadbir ishtirokchilarini so‘z san’atining sehrli olamiga ye takladi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Hech kim tugatishni istamasa-da, vaqt o‘z hukmini o‘tkazdi.
Ishtirokchilar mehmonlar bilan e sdalik uchun suratga tushdilar.
Bu tadbirdan olgan zavq va taassurotlar uzoq vaqt saqlanib qolishiga ishonaman.
Chunki biz adabiyotni, qolaversa, mehmonlarni qadrlaydi gan xalqmiz.
Ollamurod NAHANOV,
95- m aktab direktorinin g m a’naviy - ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari