UCHRASHUV
Yangiliklar
7 / 11 / 2022
Zangiota tumanidagi 34-maktabda "Adabiyotimiz darg‘alari" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda jadid adabiyotining atoqli namoyandalari haqida 10-a sinf o‘quvchilari tomonidan ma’lumot berildi.
Tadbirda qatnashgan taniqli jurnalist Olim Toshboyev o‘quvchilarning chiqishlarini ijobiy baholadi. "Padarkush " dramasi asosida qo‘yilgan qisqa sahna ko‘rinishi haqida gapirib, bilimsizlik, ilm olishga e’tibor bermasligi kabi illatlarni jaholat deb atadi.