"UR TO‘QMOQ” ERTAK QAHRAMONLARI JONLANTIRILDI
Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak va ma’naviy salohiyatga ega insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishining asosiy omillaridan biri kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni kitobni sevishga o‘rgatishdir.
Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-IDUMda ham o‘quvchilarni kitobni sevish va kitob mutolaasiga o‘rgatish maqsadida sinflarda kitob takdimotlari, turli tanlovlar o‘tkazib kelinadi.
Xususan, 2-B sinfida "Ur, to‘qmok!" kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kitob o‘zbek, rus va turli xalqlarining 17 ta ertaklarini o‘z ichiga olgandir. Bu taqdimot avvalgilaridan farq qilgan holda, ko‘proq ertak qahramonlarini jonlantirishga ahamiyat berildi. Ertak qahramonlarining o‘zaro suhbatini o‘quvchilar katta qiziqish bilan kuzatishdi. Ushbu kitob o‘quvchilarni nafaqat kitobga bo‘lgan mehrini balki zukkoligini ham oshirdi. Bu kitob o‘zining rang - barang rasmlari, bir-biridan qiziqarli ertaklari bilan ham o‘quvchini o‘ziga jalb etadi.
Zero, kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik, akl-idrok hamda ilm-u donishning asosidir.
Zamira Toirova,
Kattaqo‘rg‘on shahar 11-IDUM boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.