Uch avlod uchrashuvi
Yashnobod tumanidagi 216-maktabda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda “Ustozga ehtirom”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Eʼzoz” uchrashuvlari tashkil etildi. Tadbirda taniqli sanʼatkorlar, ijodkorlar hamda faxriy muallimlar qatnashishdi.
O‘quvchilarning ijodiy chiqishlari mehmonlar eʼtiboriga havola etildi. Ayniqsa, o‘qituvchi qismatiga bag‘ishlangan hamda ustoz ehtiromi madh etilgan teatrlashtirilgan ijodiy lavha tomoshabinlarning eʼtiborini jalb etdi.
Tadbirda maktab direktori Saodat Toshmatova, maktabning ijodiy-maʼrifiy masalalari bo‘yicha targ‘ibotchisi mehribon Qurboniyozova, matematika fani o‘qituvchisi Raʼno Razzoqovalar so‘zga chiqib, taʼlim sohasidagi o‘zgarishlar haqida taʼkidlashdi.