Uchkoʻprikda “Adabiyot bayrami”
Uchkoʻprikda “Adabiyot bayrami”
Uchkoʻprik tumaniga “Doʻrmon” ijodkorlar klubi vakillari,Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari tashrif buyurdilar. “Doʻrmon”ijodkorlar klubi raisi, xalqaro“Turon”yozuvchilar uyushmasi vitse-prezidenti Amir Hudoyberdi boshchiligidagi ijodkorlar guruhi
avvalo, tumandagi “Haziniy” uy-muzeyi ziyoratiga borib, oʻtganlar haqqiga duo oʻqidilar.
Muzey mudirasi N. Vahobova tomonidan Haziniy bobomiz haqida tarixga muhrlanib qolgan maʼlumotlardan soʻzlab berildi.
Buvayda tumanidan tashrif buyurgan tasavvufiy ijodkor Abduholiq Usmon tomonidan Haziniy bobomizga bagʻishlangan ijod namunasi oʻqilganida, barcha chuqur mushohadaga choʻmdi.
Ziyoratdan soʻng, tuman madaniyat markazida tantanali kutib olish marosimi oʻtkazildi hamda tuman ijodkorlaridan Umida Aʼzamning yaqindagina nashrdan chiqqan “Begona bahor” kitobi taqdimoti oʻtkazildi.
Ushbu tadbir haqiqiy“ Adabiyot bayrami”, “Hayratlar bayrami”ga aylanib ketdi.
Kechaga Uchkoʻprik tuman hokimi A.Mahmudaliyev boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar tashrif buyurib,ijodkorlarga minnatdorchilik bildirdilar va tumanda maʼnaviyat sohasida olib borilayotgan ishlar haqida iliq fikrlar aytib oʻtildi.
Tadbirga taklif etilgan tomoshabinlarda adabiyotga, maʼnaviyatimizga boʻlgan muhabbat hissi yuqorida oʻqilgan sheʼrlar orqali namoyon boʻlib, unutilmas tarixga aylandi.
Respublika Maʼnaviyat markazi Uchkoʻprik tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi,ijodiy-madaniy-maʼrifiy ishlar boʻyicha targʻibotchi Sh. Yulchiyeva