Uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar
2 / 04 / 2022
Nurafshon shahar XTBga qarashli 4-IDUMda 9–11-sinf o'quvchilariga "Yangi O'zbekiston strategiyasida ma'naviyat sohasida kelib chiqqan vazifalar"mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbatni tarix fanlari nomzodi, dotsent, Nurafshon shahar Xalq deputatlari kengashi deputati Saodat Usmonova olib bordi. Bugungi kun yoshlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yurtimizning ravnaqi, kelajagi hamda ma'naviyatini oshirish va boshqa masalalar yuzasidan o'tkazilayotgan videosellektorlari to'g'risida gapirilib o'tildi. Suhbat davomida Ma'naviyat nima? U qayerda shakllanadi va ko'rinadi? Ma'naviyat bizga nima uchun kerak? kabi savollar yuzasidan ishtirokchi o'quvchilarga keng so'zlab berildi.