“Ustozim, sizga ta’zim”
Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘iga asosan sentabr oyi boshlangich ta’lim fan oyligi etib belgilangan. Shu munosabati bilan Qarshi shahridagi 43-maktabda “Birinchi ustozim, sizga ming ta’zim” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda maktab jamosi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda maktab direktori S.Shodmonova so‘zga chiqib, maktabning faoliyati, unda o‘quvchilarning o‘qib-o‘rganishi uchun yaratilgan sharoitlar, togaraklar, fan oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Shundan so‘ng o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’limdagi yutuq va kamchiliklarga bag‘ishlangan chiqishlariga navbat berildi.
Ushbu tadbir 1-oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni arafasdida o‘tkazilgani bois, ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari kuy-qo‘shiqlar va tabriklarga ulanib ketdi.