Ustozlar milliy forumi
Shayxontohur tumanidagi xalq ta’limi bo‘limida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda yalpi yig‘ilish va 14 shoʻba ishlari olib borildi. Ahamiyatlisi, yalpi yig‘ilishida tumandagi salohiyatli, tajribali va fidoiy o‘qituvchilarning mehnatlari samarali baholanib, munosib sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Shoʻba yig‘ilishlarida ming nafardan ortiq ilg‘or o‘qituvchilar qatnashishdi. Mashg‘ulotlarni respublika va shahar forumlarida ishtirok etgan ustozlar olib borishdi. Shoʻba mashg‘ulotlari doirasida bugungi ta’lim islohotlari nechog‘liq o‘qituvchiga muhim ekani, o‘quv dasturidagi o‘zgarishlar, tabiiy fanlardagi optimallashish, kitob mualliflari bilan uchrashuvlar ham tashkil etildi.
Ziyoda Tosheva,
Shayxontohur tumani XTB tabiiy fanlar metodisti