Vazirning kutilmagan tashrifi
Vazirning kutilmagan tashrifi
20 yillik pedagogik faoliyatim davomida shijoatli, teran fikrli, oliyjanob, pedagoglar mehnatini qadrlaydigan ta’lim vazirining borligiga bugun amin bo‘ldim. Bugungi Vazirning kutilmagan tashrifi nafaqat men, hattoki jamoam va o‘quvchilarimda ulkan taassurot qoldirdi. Sababi har qanday yuqori tashkilotdan keladigan mehmonlar uchun anchagina ter to‘kib tayyorgarlik ko‘rar edik. Ammo bu safargi tashrif kutilmaganda ro‘y berdi. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov maktab ostonasiga kirib kelar ekan, maktabimizning infratuzilmasini, moddiy texnik bazasini, yosh pedagogik kadrlar salohiyatini, maktabimiz o‘quvchilarining bilim salohiyatini samimiy va do‘stona savol-javoblar natijasida aniqlashga harakat qildi. Maktabimizning 8-sinf o‘quvchilari bilan olib borilgan suhbatida fanlar kesimida, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini aniqlashi yaqqol sezildi. Maktabimizning kelgusida o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari to‘g‘risida ham anchagina bahslashdi. Suhbat yakunida maktabimizning ikki nafar o‘quvchilarini zamonaviy noutbuk, 8-sinf o‘quvchilarini badiiy kitoblar to‘plami, yosh pedagogik jamoasini esa rangli, zamonaviy televizor bilan taqdirladi.
Vazirimiz Baxtiyor Saidovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelajakda yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berishda, shuningdek Prezidentimizning ta’limga doir barcha qaror va farmonlar ijrosini amalga oshirishda kuch- g‘ayratimizni ayamaymiz.
O. R. DAMINOVA,
Samarqand shahar XTB tasarrufidagi
19 - maktabi direktori