Vodiylik direktor Toshkentga malaka oshirish uchun velosipedda kelmoqda
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi 12-maktab direktori Akbarov Davron sog‘lom turmush tarziga amal qilish va bu yo‘lda mashaqqatlarga bo‘yin egmasdan poytaxtga qarab velosipedda yo‘lga otlandi.
D. Akbarov Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti AQShning shimoliy Jorjiya instituti bilan birgalikda umumta'lim muassasasi rahbarlarining liderlik kompetensiyalarini va maktablarda STEAM fanlarini joriy etishda rahbarning hissasini oshirishga qaratilgan “Maktablarda liderlik va STEAM” onlayn kursida ishtirok etgan edi. Unda turli viloyatlardan 25 nafar maktab rahbarlari qatnashgandi. Mazkur kursning davomi 3-18-iyunga o‘tkazilishi belgilangan.
Uzoq yo‘lni pisand etmay kelayotgan dang‘aralik direktor malaka oshirish kursida o‘qishni davom ettiradi.