Xalqaro hamkorlik natijasi
Xalqaro hamkorlik natijasi
Har yili 21-sentabr kuni oldidan, ya’ni BMT tomonidan nishonlanadigan “Xalqaro tinchlik kuni” arafasida amerikalik taniqli pedagog, Artrium tinchlik instituti va kognitiv ta’lim markazi asoschisi hamda direktori, Doktor Terrence Webster-Doyle Samarqand xalqaro texnologiya universitetiga, dunyo madaniyati, gumanistik tarbiya, ziddiyatlarni bartaraf etish muommolari bo‘yicha yozgan kitoblar to‘plami sovg‘a qildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur kitoblar jamlanmasi o‘quv jarayoni amerika modeli asosida ingliz tilida olib boriladigan Samarqand xalqaro texnologiya universtitening hamkori “Kolorado konchilik maktabi”(AQSh davlat ilmiy-tadqiqot universiteti) tomonidan taqdim etildi.
Insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surish, tinchlik siyosatini olib borishga yo‘naltirilgan mazkur kitoblar jamlanmasini yaratish g‘oyasiga Samarqandning birodarlashgan shahri bo‘lmish, Samarada asos solindi. Rus tiliga ilk bor tarjima qilingan ushbu kitoblarda dunyo tinchligini mustahkamlash, inson ongini noto‘g‘ri qarashlardan xalos qilish, ziddiyatlarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Kitoblarda inson dunyoni qanday idrok etishi, o‘z fikrini boshqalarga yetkaza bilishi, nizolarni bartaraf etgan holda kishilik jamiyatida to‘g‘ri yashay olishi haqidagi didaktik ma’lumotlar jamlangan.
Mazkur jamlanmadan dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladigan tinchlikparvar forumlarda yuqori bahoga loyiq ko‘rilgan monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy ishlanmalar, ish daftarlari, o‘quv amaliyoti natijalari va boshqa asarlar o‘rin olgan. Ushbu kitoblar muallifi, Artrium tinchlik instituti va kognitiv ta’lim markazi direktori Doktor Terrence Webster-Doyle Benjamen Franklin nomidagi nufuzli adabiyot mukofotining 10 marta sovrindori bo‘lgan. Shuningdek, u “Nega meni ranjitishadi?” nomli zulm va zo‘ravonlikka qarshi kurashishni ifodalovchi kitobi bilan tanilgan edi. Bundan bir necha yil o‘n yillar oldin Samarqandlik pedagoglar va esperantochi-tilshunoslarning tinchlikparvar faoliyati tufayli aynan O‘zbekistonda T.Webster-Doyle asarlarini rus tiliga tarjima qilishga kirishilgan edi. Bu kitoblarini o‘qish kitobxonlarda dunyo qanday yaratilishi va unga nima halqit berishini makon va zamonda xotirjam tarzda tafakkur qilishga qanday erishish mumkinligini tushunishga imkon yaratadi. Asarlarning soddaligi kuch va realizmi aynan yuqorida qayd etilgan fikrlarda nomoyon bo‘ladi. T. Webster-Doyle o‘z kitoblarini bizga taqdim etishda ushbu fikrlarni bildirdi: “Bu kitoblar jamlanmasini “Xalqaro tinchlik kuni” arafasida o‘zining madaniyat va tinchlikka qo‘shgan hissasi, mehmondo‘stligining boy an’analari bilan juda mashhur bo‘lgan, tarixiy shaharda ochilgan Samarqand xalqaro texnologiya universtitega taqdim etish men uchun yuksak sharafdir. Men ushbu kitoblarni quvonch, g‘urur va ishonch bilan hadya qilar ekanman, sizning universitetingiz va shahardagi boshqa oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchi va talabalarini bu kitoblarga murojaat qilishi xalqlar va madaniyatlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi dunyo bizning kundalik realligimizga aylanishda nima to‘sqinlik qilayotganini anglashimizga yordam beradi. Agar biz his-tuyg‘ularimizni boshqarishni o‘rgansak va ongimizni illatlardan halos etsak, ko‘p narsani o‘zgartirishimiz mumkin. O‘zligimizni va o‘z madaniyatimizni anglagan holda har birimiz dunyoni yaxshiroq, xavfsizroq qila olamiz va mehrga boyitamiz. Men Samarqand xalqaro texnologiya universitetini dunyo madaniyati ilg‘or ta’lim markazining yetakchisi, kreativ faoliyat va intellektual salohiyatning yo‘lboshchisi bo‘lishiga tilakdoshman!”
Anatoliy IONESOV.
Asila Ibragimova,
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti matbuot kotibi.