“Xalqaro media-xoll”
“Xalqaro media-xoll” tashkil etildi
Mamlakatimizda yaqinlashib kelayotgan Prezident sayloviga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Saylovni xolis va haqqoniy yoritishni ta’minlashga munosib hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan Xalqaro media-xoll tashkil etildi. O‘zEOAVMA, “Yuksalish” ummumilliy harakati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ushbu media-xoll faoliyatini yo‘lga qo‘yish dasturi ishlab chiqildi.
Bugun “Yoshlar ijod saroyi” Xalqaro media-xollning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlar, vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, diplomatik korpus vakillari, xalqaro kuztuvchilar, mahalliy hamda xorijiy jurnalistlar, blogerlar, faol yoshlar ishtirok etdi.
Media-xoll xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy va mahalliy OAV vakillari va mehmonlar uchun muloqot maydoni, soyosiy partiyalar uchun brifinglar hamda matbuot anjumani o‘tkazish zali, madaniy tadbirlar zali, jurnalistlar ishlashi, suhbat uyushtirishi, intervyular olishi uchun matbuot markazi, hamda mehmonlar uchun dam olish joylaridan iborat.
— Xalqaro media-xoll saylovning shaffof o‘tishi va jarayonlardan xalqimiz, qolaversa, dunyo hamjamiyatini muntazam ravishda tezkor va xolisona xabardor qilib borish uchun tashkil etildi, — deydi tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. — Partiyalar aynan manashu yerda jo‘zshqin bahslar yuritadi, o‘z platformasini, siyosiy yondashuvlarini ilgari surishadi. Fursatdan foydalanib barchangizni saylovda faol ishtirok etishga chaqiraman.
Shuningdek, tadbirda siyosiy partiyalar vakillari so‘zga chiqib, tashviqot jarayonlari va media-xolda yaratilgan sharoit xususida so‘z yuritishdi, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Bir kunlik to‘y” badiiy filmi ham namoyish etildi.
H.Quvondiqov