Xotira — aziz, jasorat — mangu!
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ularni arodqlash o‘zbek xalqiga xos ulug‘ qadriyat hisoblanadi. Mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan davlat dasturlarida ham yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tibor doimiy diqqat markazida turadi.
Har yili 9-may sanasini yurtimizda keng nishonlash, urush hamda mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lganlar xotirasini yod etish, hayotlarining holidan xabar olib, ko‘ngillarini ko‘tarish xalqimizga xos qadriyatlardan sanaladi.
Qolaversa, ularning umr yo‘li, tinchlik, xalq farovonligi uchun ko‘rsatgan jasoratlari bugungi yosh avlod uchun chinakam na’muna, hayot maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
Sana munosabati bilan Yunusobod tumanidagi 51-maktabda “Xotira — aziz , jasorat — mangu” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda maktab direktori F. Karimova so‘zga chiqib, urush insoniyat boshiga keltirgan kulfatlar, uning insoniyat tarixida qoldirgan qora dog‘lari hamda bugungi tinch-osoyishta kunlarning qadrini his qilish, yoshlarning ularga munosib avlod bo‘lishlari haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng Ichki Qo‘shinlar faxriysi , iste’foda g i mayor Hamid Axmedov yoshlarga o‘z dil kechinmalarini aytdi.
— Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak, tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi, — deydi Hamid Axmedov. — Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovi. Azal-azaldan xalqmiz tinchliksevarligi ibrat bo‘lib kelgan. Tinchlikning qadriga yetish, urushga sabab bo‘luvchi harakatlardan saqlangan. 9-may sanasini “Xotira va qadrlash” kuni sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. II jahon urushida O‘zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etgan. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘ldi. Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.
Maktabning VRYOTBDU-HCHTR Botir D a vlatov so‘zga chiqib, barchani Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 76 yilligi bilan qutladi. Vatan ozodligi, hozirgi tinch-omon kunlar uchun, jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, doimo hurmat bajo keltirish kerakligini, shunday qayg‘uli voqealar bilan tanishganda, qahramon ajdodlarimizning o‘chmas xotirasi oldidagi qarzimiz va burchimizni yanada chuqur his etish lozimligini ta’kidladi. Bugungi tinch, erkin va yorug‘ kunlarning qadriga yetish kerakligini yana bir bor anglashimiz kerakligini, xalqimiz va butun insoniyat uchun buyuk G‘alaba keltirgan barcha jasur jangchilarimizni doimo yodda tutish va ozodlik yo‘lida o‘z aziz jonlarini fido etgan qahramonlar xotirasi hamisha qalbimizda yashashini aytib o‘tibdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Resublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Qorovul qo‘shinlari namunali ashula va raqs ansabli xonandalari Mayor O. Shukurov, serjantlar D. Boyxonov va H. Abdulmamatovalar o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi. Maktab o‘quvchilari ham o‘z bayram chiqishlari bilan mehmonlarga shodlik, ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yoqutxon Umarova,
Maktabning ma ’ naviy- ma ’ rifiy ishlar bo ‘ yicha direktor o ‘ rinbosari
N oila Tursunova ,
Y oshlar ittifoqi yetakchisi