YANGI ZIYO MASKANI
Navoiy viloyati Xatirchi tumanining olis qishlog‘ida ham yangi maktab binosi ishga tushdi. Bu maktab binosi 2000 yildan beri qurilishi tugallanmay yotganligi sababli Navro‘z qishlog‘ining bolalari olis 3-4 km.lik masofada joylashgan 54-o‘rta umumta’lim maktabida tahsil olib kelishgan. 2021-yilning sentabr oyidan ushbu maktabning filiali sifatida faqat boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ish boshlagan. 2023-yil yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Buning amaldagi ifodasi sifatida 2023-yil 12-yanvardan bu maktab 92-sonli umumta’lim maktabi sifatida o‘z ish faoliyatini boshladi va yuqori sinf o‘quvchilari uchun ham ta’limni shu maktabda davom ettirish imkoniyati yaratildi. 3-4 km.lik masofaga qatnab qimmatli vaqtini yo‘l sarsonligi bilan o‘tkazayotgan xalqning bolasi uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. Maktabda 16 ta o‘quv xonasi mavjud bulib,ular zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. 176 o‘ringa muljallangan bu maktabda 202 nafar o‘quvchi tahsil olishni boshladi. Hech kimga sir emaski, maktabni maktab qiladigan kuch bu – o‘qituvchilardir. Prezidentimiz “Kelajak avlodimizning taqdiri,butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq” deydilar. Shu bog‘liqlikni yurakdan his qilgan ,mas’uliyatli va bilimli ustozlar ushbu maktabning haqiqiy xazinalaridir. Uzoq yillik pedagogik va rahbarlik tajribasiga ega jonkuyar, mexnatkash maktab direktori Faxriddin Avazov maktab direktori maktab uchun davlat oldida, hokimiyat va xalq ta’limi bo‘limi oldida javob beruvchi yagona shaxs ekanligini chuqur his qiluvchi mas’uliyatli ustozdir.
Inson qadri ilm bilan yuksalib boradi. Bu maktabda elning koriga yaraydigan, vatanning qadrini kutaradigan manaviyatli va marifatli avlod yetishib chiqishiga ishonamiz. Zero, kelajak avlodning, millatning, davlatning taqdiri o‘zlariga bog‘liq ekanligini chukur his qilgan rahbar va ustozlar faoliyat yuritadigan maskandan bunday natijani kutishga haqlimiz!
Dilshoda BOLIYEVA
Xatirchi tumanidagi 92- maktab targ‘ibotchisi.