YANGILIKLAR VA MUAMMOLAR
TAʼLIM TIZIMIDAGI SOʻNNGI YANGILIKLAR VA MUAMMOLAR
Oxirgi yillarda Oʻzbekistonda ham rivojlangan davlatlardagi kabi taʼlim sohasiga katta eʼtibor berilmoqda. Taʼlim sohasidagi oʻzgarishlar va yangiliklar nafaqat ota-onalarni balki biz oʻqituvchilarni ham ruhlantirmoqda. Hurmatli prezidentimiz Shu.M.Mirziyoevning "Oʻqituvchini hurmat qilmaganni, men ham hurmat qilmayman" degan iboralari biz oʻqituvchilarga yuksak maʼsuliyat yuklaydi. Rivojlangan davlatlar taʼlim tizimini oʻrganib biz uchun foydali boʻlgan jihatlarini yurtimiz taʼlim tizimiga qoʻllab koʻrayapmiz. Taʼlimdagi barcha yangiliklar ustida jadal ish olib borilmoqda. Ushbu oʻzgarish va yangiliklar nafaqat oʻqituvchilarni, balki oʻquvchilarni ham ruhlantirmoqda. Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov" Taʼlimdagi islohotlarni yanada tezlashtirib, innovatsiyalarni eng chekka hududlarda yetib borishini taʼminlashimiz lozim" deya oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻygan holda yangi lavozimga shahd bilan kirishdi. Oʻquvchilar bilim salohiyatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida xalqaro baholash dasturlaridan PIRLS, PISA, TIMMSS, TALIS dasturlarini taʼlim maskanlarida amalda qoʻllab koʻrayapmiz. Ushbu xalqaro baholash dasturlari oʻquvchilarning bilim salohiyatini va taʼlimiy yutuqlarini aniqlab beradi. Bizning oʻquvchilar oʻz bilim salohiyatlarini koʻrsatib xalqaro olimpiyadalarga ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni olib kelmoqda.Bizning oʻquvchilar oʻz iqtidorlarlari bilan dunyoni zabt etmoqda. Yangi avlod darsliklari joriy etilib maktablarga qoʻllab kelinmoqda. Yangi avlod darsliklarini yaratishda Finlyandiya tajribasi joriy qilindi.Ushbu darsliklar oʻrganish uchun juda qulay, rang-barang suratlari bilan oʻquvchilarni oʻziga jalb etadi.
Har bir fan uchun ikkita kitob, Katta kitob va kichik mashq daftarlaridan iborat. Kitob muqovalarida har bir mavzu oʻrganish uchun qulay usulga berilgan, ayrim mavzularni mukammal oʻrganich uchun kuinkodlar bilan berilgan. Taʼlim sohasidagi soʻnggi yangiliklardan biri "maktabda olingan yakuniy baholar OTMga kirish uchun hisobga olinishi "oʻquvchilarni juda quvontirdi. Vaqti kelganda oliy taʼlimga kirishda bir bal ham katta ahamiyatga ega boʻladi. Ushbu qaror yuqori sinf oʻquvchilari uchun ayni muddao boʻldi. Taʼlim tizimidagi islohotlar chekka qishloqlarga ham yetib kelsa ayni muddao boʻladi. Chunki chekka hududlardagi maktablarda hali kamchilik juda koʻp. Barcha maktablar ham oxirgi texnologiyalar bilan jihozlanmagan. Darsliklar bir xil eski tartibda oʻtiladi.Zamon bilan hamnafas boʻlish uchun barcha sinf xonalar proyektor yoki smart televizorlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.Hozirda maktablarda kundalik.com ilovasi bilan ishlayapmiz. Ushbu ilova oʻquvchi va oʻqituvchilar uchun juda qulay zamonaviy texnikalarni mohirona foydalanish orqali baholash tizimi. Ammo barcha ota- onalar ham ushbu ilovaga kirib farzandlarining olgan baholarini kuzatib borayotgani yoʻq. Maktablar ham internet bilan toʻliq taʼminlanmaganligi biz oʻqituvchilarga noqulaylik tuğdirmoqda.
Barcha tizimdagi kabi taʼlim tizimida ham muammo va kamchiliklar mavjud, ammo yaxshi yangiliklar ham joriy etilmoqda.
Ustozlar uluğlagan yurtda albatta yuksalish boʻladi. Oʻqituvchilar qadr-qimmatini yuksakka koʻtarish uchun yurtimizda koʻpgina islohotlar olib borilmoqda. Taʼlimga tikilgan sarmoya hech qachon befoyda ketmaydi. Chunki barcha soha vakillariga oʻqitivchi taʼlim-tarbiya beradi.
Biz taʼlim sohasida ishlaydigan oʻqituvchilar kelajakda taʼlimni yuksaltirish borasida joriy etiladigan katta-katta oʻzgarish va yangiliklarni kutib qolamiz.
Lobar RAHMATOVA,
33-maktab o‘qituvchisi