YURT TARAQQIYOTI
“ YURT TARAQQIYOTI YO‘LIDA BIRLASHAYLIK! ”
2022-yil 14-noyabr kuni Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondining media ijtimoiy va madaniyat maskani majmuasi (ZIYO FORUM) zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi tomonidan “11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayramiga bag‘ishlangan “YURT TARAQQIYOTI YO‘LIDA BIRLASHAYLIK!” mavzusida taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirga Toshkent shahar bo‘linmasi tasarrufidagi kasaba uyushma tashkilotlari xodimlari hamda kasaba uyushmasi faxriylari taklif etildi.
Ta dbirni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi raisi Rahmonov Abduxalil Rasulovich ochdi.
A.Raxmonov tashrif buyurgan tadbir ishtirokchilarni 2020-yil 10-noyabrda Qonunchilik palatasi hamda 20-noyabrda Senat tomonidan qabul qilingan 2020-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-648 -son Qonun bilan belgilangan «11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» bayrami munosabati bilan tabriklab, yig‘ilgan ishtirokchilarga Prezident Sh.Mirziyoyevning joriy yili 11- noyabr kuni kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga yo‘llagan bayram tabrigi xaqida gapirib, yana bir bor ushbu bayram bilan tabrikladi.
Tadbirga taklif etilgan yana bir faxriy ustoz - Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yunusobod tuman kengashi raisi lavozimida ishlagan Kurepina Svetlana Isaakovna barcha yigilganlarni qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi:
- “Biz keksa soha xodimlaridan doimiy xabar oladigan, bugungi kunda o‘rnimizni bosgan shogirdlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, xamda Sizlarga faoliyatingizda insonlarga naf keltirishda hech ham charchamang!”
Tadbir davomida faxriy ustozlarga guldastalar, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar ulashildi.
Tadbirda el ardog‘idagi xonandalar Baxrom Nazarov xamda Jasur Mavlonovlar musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.