“Yangi O‘zbekiston” kitob-albomining taqdimoti o‘tkazildi
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Yangi O‘zbekiston” kitob-albomining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Unda siyosatchilar, taniqli shoir va yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Kitob-albom “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan chop etilgan bo‘lib, unda istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi besh yilda yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ulkan ishlar haqida hikoya qilinadi.
Tadbirni O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev ochib berdi. Shuningdek, taqdimot davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid so‘zga chiqib, “Yangi O‘zbekiston” kitob-albomining xalqimiz hayotidagi ahamiyati” haqida ma’ruza qildi.
Ta’kidlanishicha, “Yangi O‘zbekiston” kitob-albomi 396 betdan iborat bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etilgan.
Shohsanam MAHMUDOVA,
“Ma’rifat” muxbiri