Yangi O‘zbekiston uiversitetiga qabul jarayoni boshlandi
Yangi O‘zbekiston uiversitetiga qabul jarayoni boshlandi
Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul jarayonlariga qanday o‘tkazilishiga doir matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu anjumanda agentlik va universitet rahbariyati tomonidan universitetga hujjatlar qabuli, fakultet va yo‘nalishlarga oid savollarga to‘g‘ridan to‘g‘ri soha mutaxasislari tomonidan javob berildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu universitet o‘tgan yili 180 nafar talabani qabul qilgan bo‘lsa, bu yil esa 300 nafar talaba qabul qilishni rejalashtirgan. Talabalar quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olishi mumkin:
– Sanoat boshqaruvi;
– Dasturiy ta’minot;
– Mexanika muhandisligi;
– Nano va ilg‘or materiallar muhandisligi;
– Kimyo muhandisligi
Imtihonlar har bir yo‘nalishlar kesimida matematika, fizika, kimyo, mantiqiy fikrlash kabi fanlardan bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari ushbu universitetda o‘qisangiz sizga dunyoning eng kuchli professor o‘qituvchilari dars berishidan tashqari, chet elda amaliyot o‘tash imkoniyati mavjud.
Qabul jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan 20-iyunga qadar davom etadi. Bunda sizdan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
– Pasport yoki ID karta elektron nusxasi;
– Umumiy o‘rta ta’lim, kollej yoki litseyni tugatganligi to‘g‘risida hujjat;
– IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo‘nalishi uchun IELTS 6.6, TOEFL 60) yoki TOEFL iBT 46 va undan yuqori balni ko‘rsatuvchi original sertifikatning elektron nusxasi;
– * Oxirgi uch oy ichida olingan 3x4 rasm.