“Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul imtihoni bo‘lib o‘tdi
“Yangi O‘zbekiston” universiteti g a qabul imtihon i bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston” universitetining tashkil etish to‘g‘risidagi 5158-sonli qaroriga binoan Universitet 2021 - yil tashkil etilgan. Bu yerda ta’lim jarayoni dunyoning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda olib boriladi. Bugungi kunda ushbu universitetda 178 nafar talaba tahsil olyapti.
Ushbu qabul yilida 300 nafar talabalar qabul qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, imtihonlar imtihonlar Cambridge Assesment Tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Yangi O‘zbekiston Universitetiga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 20-aprel – 30-iyunga qadar onlayn shaklda admissions.newuu.uz sayti orqali amalga oshirildi.
Imtihonlar 21 - iyul kuni soat 17:00 dan 19:00 ga qadar UzEkspo markazi binosida tashkillashtirildi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 1-bosqichda 6000 nafardan ziyod talabgor hujjat topshirgan bo‘lib bundan 1859 nafar abituriyent hujjatlari muvofaqiyatli qabul qilindi hamda imtihonlarda qatnashish uchun ruxsatnomalarni qo‘lga kiritishdi.
Universitetning faxriy rektori - TUM (Myunxen Texnika Universiteti) 39-rektori, 800 dan ziyod ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin patentlar egasi, nemis kimyogari Volfgang A. Hermann hisoblanadi. Oliygohda, AQSH, Germaniya, Misr, Hindiston va Eron kabi davlatlardan kelgan professor-o‘qituvchilar dars berishadi.
Universitetda iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat granti quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi: xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Bassalaureate, Advansed Plasement, International Advansed Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi ((IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi ((IOI) g‘oliblariga, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga.
“ Yangi O‘zbekiston ” universitetiga kirish imtihonlari yo‘nalishlar kesimida quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:
Muhandislik fakulteti tarkibida:
Kimyomuhandisligi– MATEMATIKA, KIMYO
Mexanika muhandisligi– MATEMATIKA va FIZIKA
Dasturiy ta’minot muhandisligi– MATEMATIKA, FIZIKA
Nano- va ilg‘or materiallar muhandisligi– MATEMATIKA, FIZIKA
Boshqaruv fakulteti tarkibida:
Sanoat boshqaruvi– MATEMATIKA, TANQIDIY VA MANTIQIY FIKRLASH.
Imtihin javoblari chet el mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. Hozircha javoblar chiqishi kutilyotgan aniq muddati e’lon qilinmadi