“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik”
Yunusobod tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2021-yilning 30-avgust kunida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida istiqlolimizning 30 yilligiga bag‘ishlab bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni tashkil etishdan maqsad, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolajonlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,Vatanimizga,ota-bobolarimiz ruhiga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada rivojlantirishdan iboratdir. O‘tkazilgan tadbir bayramona kiyingan, yuz-ko‘zlaridan quvonch va iftixor tuyg‘ulari ufurib turgan jajji bolajonlar qalbida so‘nmas taassurot qoldirdi.
Vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan bunday tadbirlar, bolajonlarimiz qalbida ona Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbat, kelajagimizga ishonch, milliy ramzlarimizga bo‘lgan g‘urur, iftixor hamda hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi juda ham ahamiyatlidir.