Yaponiya bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Yaponiya bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Vazirlikda Oʻzbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsion markazi ilmiy-tadqiqot faoliyati salohiyatini kuchaytirish loyihasi boʻyicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazining 2019-yildan hozirgi vaqtga qadar faoliyati natijalari tahlil qilindi.
Shuningdek, markaz tomonidan Yaponiyaning nufuzli universitetlariga magistratura va doktoranturaga oʻqishga yuborilgan talaba va yosh tadqiqotchilarning taʼlim olishi masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik doirasida 2019–2024-yillarda Yaponiyaning nufuzli universitetlarida magistratura va doktoranturada oʻqish uchun yuborilgan Oʻzbekiston fuqarolarining dastlabki 4 nafari magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab kelganligi alohida qayd etildi.
Oʻqishni tamomlab qaytgan fuqarolarimizni Oʻzbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsion markazida ilmiy tadqiqotlar olib borishga jalb qilish, ularni oliy taʼlim muassasalariga lavozimlarga ishga taklif qilish, tajribasi bilan talabalar va doktorantlarni tanishtirish boʻyicha takliflar bildirildi.
Shu bilan birga, markazda ilmiy laboratoriyalarni jihozlash ishlarini oxiriga yetkazish, oliy taʼlim muassasalari talabalari va doktorantlarining ilmiy tadqiqotlari boʻyicha laboratoriya sinovlarini oʻtkazishda markaz moddiy-texnik bazasidan foydalanish boʻyicha fikr almashildi.