Yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratiladi
Maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va sertifikatlash bo‘yicha tayyorlov kurslari yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratiladi
Bugun A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati hamda Yaponiya Raqamli universitetining Yaponiyadagi ta’sischi tashkiloti Xalqaro bo‘limi boshlig‘i Gyoda Yoshihiro va Tsukuba Universitetining yetakchi rahbarlari (Akiyuki Fujita - pedagogika fakulteti dekani, Yoshinori Shimizu – aniq fanlar bo‘yicha pedagogik dastur loyihasi rahbari, Naoyuki Xiguchi – ta’lim va antropologiya fakulteti dekani, Kuanish Tastabegoa – Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ul, xalqaro qiyosiy ta’lim bo‘yicha mutaxassisi) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Xalq ta’limi tizimini 2022–2026-yillarda rivojlantirishning milliy dasturida belgilangan vazifalar, jumladan, pedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, aniq va tabiiy fanlar kesimida baholash instrumentlarini yaratish, pedagoglarning zaxira bazasini yaratish hamda umumta’lim maktab direktorlarini lavozimga tayinlash mexanizmini ishlab chiqish va unda Yaponiya tajribasi qo‘llash kabi muhim mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Yaqin kelajakda maktablar sonini oshib borishi, umumta’lim maktablarini zamonaviy maktablar etib qayta tashkil etish, bu jarayonda maktab direktori hamda o‘rinbosarlarining yuqori boshqaruv bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarining ahamiyatidan kelib chiqib, Yaponiyalik hamkorlar bilan umumta’lim maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash mexanizmini ishlab chiqish yo‘nalishida hamkorlik olib borishga kelishildi.
Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida may-iyun oylarida maktab direktorining faoliyatlarini yaqinda o‘rganish uchun tadqiqot olib borishga kelishib olindi.
Yaponiyalik mutaxassislar may oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyurishadi va A.Avloniy ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘qitish talablarini o‘raganishadi.