Yaxshi dam — o‘qishga hamdam
Yozgi ta’til-u oromgohlar psixologik jihatdan o‘quvchi-yoshlarning faol zehniga biroz tin berish bilan birga, murg‘ak tafakkurlarning egallangan bilim-ko‘nikmalarini bahuzur “hazm” qilishiga qulay imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham aksariyat ota-onalar farzandlarining yozgi ta’tilni ko‘proq tabiat qo‘ynida, sermazmun o‘tkazishini istashadi. Ammo hamma o‘quvchilarning ham olis va soya-salqin tog‘lar bag‘riga borish imkoni yo‘q. Maktablar qoshida tashkil etilayotgan kunduzgi oromgohlar ham bolalarning chiniqishlari, ta’tilni samarali o‘tkazishlarida qo‘l kelayotir. Ayni talab va ehtiyojdan kelib chiqib, Olmazor tumanidagi 219-maktabda “Kamalak” o‘quvchilar yozgi oromgohida o‘quvchilar miriqib dam olishmoqda.
Shu kunlari oromgohda 1- sinfdan 5- sinfgacha bo ‘ lgan 80 nafar o ‘ quvchi birinchi smenada hordiq chiqarmoqda . Oromgohda 5 tashabbus doirasida ularning ma ’ naviy , ijodiy va jismoniy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda maroqli dam olishlarni yo ‘ lga qo ‘ yish ,
har bir o ‘ quvchi qalbida ona Vatanga muhabbat , kitob o ‘ qishga ishtiyoq uyg ‘ otish borasida ijobiy ishlar qilinmoqda . Turli sport anjomlari , shaxmat , shashka , biser , qo ‘ l mehnati va raqs to ‘ garaklari , shuning dek , boy kutubxona bolalarning yozgi ta ’ tilni sermazmun va ko ‘ ngilli o ‘ tkazishlariga xizmat qilmoqda .
— O ‘ quvchilarimiz oromgohda miriqib dam olish bilan birga , shaxmat , shashka , mental arifmetika , ingliz va rus tillariga ixtisoslashgan to ‘ garaklarimizda fanlarni va xorijiy tillarni puxta o ‘ rganadilar , — deydi biz bilan suhbatda maktab direktori Barnoxon Siddiqxo ‘ jayeva . — Shogirdlarimizning yozgi ta ’ tilni yanada qiziqarli o ‘ tkazishlari uchun maktabimizda barcha shart - sharoit muhayyo etilgan .
Darvoqe , yana bir yangilik : shu kunlarda ta ’ til yanada ko ‘ ngilli o ‘ tishi uchun o ‘ quvchilarning yoshiga qarab , hayvonot bog ‘ i hamda poytaxtning turli muzey va istirohat bog ‘ lariga ekskursiyalar uyushtirilmoqda . Xususan, yaqinda bir guruh o‘quvchilar “G‘alaba” bog‘ida bo‘lib, u yerdan juda unutilmas taassurotlar bilan qaytishdi.
O‘quvchi-yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi hamda ta’lim-tarbiya olishlarida
Nigora Fatxullayeva, Ramziya O‘rinova, Bashorat Meliyeva kabi ustoz-murabbiylarning hissasi katta bo‘lmoqda.
A.A bdullayev