Yil o‘qituvchisi tanlovi o‘tkazildi
Xorazm viloyati Hazorasp tumani XTB tamonidan 15-18 –sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan umumta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘zbek tili o‘qituvchilari orasidan mahoratli, tashabbuskor, faol o‘qituvchilarni aniqlash, ularning ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ish tajribasini ommalashtirish hamda o‘zbek tilining davlat tili sifatida o‘qitilishi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga qaratilgan amaliy ishlanmalar ko‘lamini kengaytirish maqsadida tuman ta`lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ona tili va o‘zbek tili fani ustozlari ishtirokida "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" respublika tanlovinining tuman bosqichi tanlovning Nizom talablariga muvofiq tarzda tashkil qilinib o‘tkazildi.
Tanlovning birinchi bosqichida tanlovga qatnashish maqsadida ariza bergan 117 nafar o‘qituvchi ishtirokida Nizom talablari va shaffoflikni saqlagan holda tumandagi 1-son maktab iformatika xonasida tashkil qilinib, shundan 49 nafar o‘qituvchi 26 balldan yuqori ball to‘plab, tanlovning ikkinchi bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tanlovning ikkinchi bosqichi Hazorasp tumani XTB faollar zalida barcha ishtirokchilarni qamragan holda tashkillashtirildi.Tanlovning ikkinchi bosqichi ham shaffoflikni ta`minlab, barcha ishtirokchilar bir-birining tayyorlagan taqdimotlarini kuzatish imkoniyatini yaratgan holda yuqori saviyada tashkillashtirildi va o`tkazildi. Bu jarayonda tanlov ishtirokchilari o‘zlari tayyorlab kelgan slaydlar orqali o‘z tajribalaridan kelib chiqib dars mashg‘ulotlarida qo‘llayotgan turli metod va usullarning samaradorligini ko‘rsatib berdilar.
Bu esa tanlovda qatnashayotgan o‘qituvchilar uchun o‘ziga yarasha mahorat maktabi va tajriba almashish maydoni bo‘ldi. Tanlovning hakamlar hay`ati tamonidan va barcha ichtirokchilar tamonidan tayyorlab kelgan taqdimoti e`tirof etilgan tumandagi 2-son maktabning oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchi Barnogul Rajabova tanlovning g‘olibi deb topilib, tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.Tanlovda qatnashgan yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga tuman XTBning estalik sovg‘alari topshirildi.
Malika Xodjayeva,
Xorazm viloyati Hazorasp tumani XTB
Ona tili va adabiyoti, qardosh tillar metodisti