Yo'l qoidasi — umr foydasi
Yangiliklar
15 / 02 / 2022
Toshkent shahar Sergeli tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi tassarrufidagi "Bilimlar mamlakati" nomli 42-sonli DMTTda "Yo'l qoidasi — umr foydasi" mavzusi asosida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent Shahar YXXB, YPXB mas’ul xodimi, katta inspektor leytenant Abdukamolov Abdumavlon Abdujalolivich ishtirok etdi.
Mutaxasis tayyorlov guruh bolajonlariga "Yo'l qoidasi — umr foydasi" mavzusi asosida gapirib, piyodalar yo'lakchasi va chorrahada mashinalar uchun to'g'ri harakarlanish qoidalarini haqida saboq berdi. Bu mashg'ulot tarbiyalanuvchilarda katta qiziqish uyg'otdi va ular YPX xodimi tomonidan berilgan topshiriqni to'g'ri va aniq bajara oldilar.
O.Bekmurodova