Yong‘in xavfsizligi oyligi
YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Kuz qish mavsumi eshik qoqib kirib kelishi bilan tabiiy va texnogen tusdagi ofatlarni xavsizligini taminlash yanada dolzarb masalaga aylanadi.
Ayni ushbu masalalarga keng jamoatchilikni etiborini qaratish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar Yongin xavfsizligi oyligi uyushqoqlik bilan otkazilishi elon qilindi.
Shu munosabati bilan joylarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-oqituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar tomonidan ijtimoiy soha obeyektlarida, talim muassasalarida va ishlab chiqarish sanoat va korxonalarida aholi va keng jamoatchilik ishtirokida profilaktik tadbirlar otkazilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent toqimachilik va yengil sanoat institutida Yongin xavfsizligi oyligi doirasidagi keng qamrovli profilaktik tadbir otkazildi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-oqituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar Institut professor-oqituvchilari, mahalla faollari, ishlab chiqarish obyektlari masullari hamda keng jamoatchilik ishitirok etdi.
Tadbirda sozga chiqqanlar tomonidan yonginlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yongin xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yongin sodir bolganda harakatlanish tartib-qoidalari, fuqarolarning hayoti va sogligiga jiddiy xavf solib kelayotgan iz gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari, shuningdek, kattalarning etiborsizligi natijasida yosh bolalarni uyda nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bolgan yonginlar va turli kongilsiz hodisalarni oldini olish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilariga Akademiyaning Ilmiy-tadqiqot ishlarini va innovatsiyalarni muvofiqlashtirish bolimi boshligi mayor Mavlonbek Doschanov tomonidan bugungi kunda Akademiyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, faoliyati va favqulodda vaziyatlar sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar yuzasidan batafsil malumotlar berildi.
Tadbir songida maruzachilar tomonidan ishitrokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Yongin xavfsizligi oyligi doirasida soha xodimlari tomonidan keng jamoatchilikka otkazilayotgan samarali targibot-tashviqot ishlarini olib borish orqali fuqarolarimizni hayoti, sogligi va moddiy boyliklarini asrab qolgan bolamiz.
Akademiya Matbuot xizmati