“Yosh kimyogarlar”
Toshkentda “Yosh kimyogarlar” respublika olimpiadasi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 26–29-may kunlari “Barqaror rivojlanishda fundamental fanlar Xalqaro yili” doirasida “Kimyo barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy-texnikaviy haftalik bo‘lib o‘tmoqda.
Shu haftalik doirasida o‘tkazilgan “Yosh kimyogar” respublika olimpiadasi “O‘zkimyosanoat” AJ, Toshkent kimyo texnologiyalar instituti, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyar universitetining Toshkent shahridagi filiali tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Tanlovda 9-, 10-, 11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Olimpiadada ishtirok etish uchun 100 nafar ishtirokchi roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 66 nafari bu imkoniyatga muvaffaq bo‘ldi.
Ishtirokchilarni baholash uchun 7nafar professor-oʻqituvchilardan tashkil topgan hakam hay’ati mavjud.
Oʻquvchilar 1-turda kimyo fanining 3ta boʻlimidan organik, noorganik, analitik, kimyo boʻyicha 5ta nazariy masala ishlashdi.
2-turda esa test savollari orqali yosh kimyogarlar bilimi sinovdan o‘tkaziladi. Barcha testlar kimyo fanining organik, noorganik, analitik boʻlimlaridan tuzilgan.
1- va 2-tur sinovlari tugagach, natijalarni tekshirish vaqtida oʻquvchilar va oʻqituvchilar vaqtini mazmunli tashkil etish uchun Labaratoriya boʻlimida qiziqarli labaratoriya ishlari koʻrsatildi, ushbu jarayonda oʻquvchi va oʻqituvchilar barcha nazariy bilimlar hamda zamonaviy jihozlar va ilmiy texnik yangiliklar bilan tanishtirildi.